Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari erishilgan kelishuvlarning bajarilishini ko‘rib chiqdilar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. 

Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy hamkorlik sur’ati oshib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. 

O‘zaro savdo hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni o‘smoqda. Chegaraoldi savdo-logistika zonasi barpo etilmoqda. Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda – mart oyida Dushanbe shahrida ikki mamlakat yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi samarali o‘tdi.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari joriy kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikkinchi Hududlar forumi kun tartibini puxta tayyorlash muhim ekanini ta’kidladilar.

Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.



  ...