Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan 2-may kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish masalalari  ko‘rib chiqildi.

Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini Konstitutsiya islohoti bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutlab, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Suhbatda mamlakatimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga joriy yilning may oyi o‘rtasida bo‘lajak Prezident saylovida muvaffaqiyatlar tiladi.



  ...