Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi

Madaniy va gumanitar hamkorlik


Ta’lim sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda, idoralararo aloqalar doirasida talaba va amaliyotchilar almashinuvi keng yo‘lga qo‘yilgan.

2005-yil may oyidan Toshkentda xitoy tili va madaniyatini o‘rganish bo‘yicha Konfutsiy instituti faoliyat yuritib kelmoqda va hozirgi kunga kelib dargohda 350 dan ziyod tinglovchilar, talabalar, savdogarlar va ilmiy ishchilar tahsil olishmoqda. Institut tashkil qilinganidan beri 2,5 mingdan ortiq kishi o‘quv kurslaridan o‘tdi.

2013-yil sentabr oyidagi XXR raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Samarqand shahrida yana bitta Konfutsiy institutini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Ikki tomonlama kelishuvga muvofiq va ShHT doirasida XXR hukumati 2014-2015-o‘quv yilida o‘zbekistonlik 120 talaba va stajyorga grant ajratdi. Konfutsiy nomidagi institut orqali Lanchjou universitetida o‘zbekistonlik 50 yaqin talaba tahsil olmoqda.

2012-2013-o‘quv yilidan boshlab Pekin chet tillar universitetida o‘zbek tili o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi.

2013-yil 15-may kuni Shanxay shahrida Xitoyda birinchi marta Shanxay universiteti huzuridagi ShHT xalq diplomatiyasi ilmiy tadqiqot instituti negizida “O‘zbekiston tadqiqotlari va ta’lim almashuvlari markazi” ochildi.

Ikki tomonlama madaniy munosabatlarni mustahkamlashda 1998-yil tashkil qilingan “O‘zbekiston – Xitoy” va 2007-yil o‘z faoliyatini boshlagan “Xitoy Xalq Respublikasi – Markaziy Osiyo mamlakatlari” do‘stlik jamiyatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

13 mart 2017-yil Xitoy va O'zbekiston o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 25-yilligini nishonlash arafasida Shanxay universitetida Alisher Navoiy haykalining ochilishi boldi.