Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi

Iqtisodiy hamkorlik


O‘zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash, keng savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni kengaytirishni o‘zaro manfaatdorlik va teng huquqlilik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘radi.

1992-yil imzolangan Savdo-iqtisodiy bitimga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi o‘rnatilgan. Xitoy O‘zbekistonning savdo sheriklari orasida eng yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.

2023-yilda ikki tomonlama tovar ayirboshlash $14 mlrd. yetdi.

Ikki tomonlama sarmoyaviy sheriklik 2010-yil imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va XXR Hukumatlari o‘rtasida noxomashyo va yuqori texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Bugun O‘zbekiston va Xitoy turli loyihalar, avvalambor, yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etish borasidagi hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Shu jumladan O‘zbekiston 2011-yilda XXR rahbariyati tomonidan ilgari surilgan Xitoy kompaniyalari ishtirokidagi O‘zbekiston – Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parkini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Bir qator Xitoy kompaniyalari respublikamiz hududida uglevodorod konlarini qidirish va qazish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston «O‘zbekiston-Xitoy» gaz quvuri va «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Respublikamizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 2,2 mingdan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda.