Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish ahamiyatini qayd etdi



Toshkent forumi dorasidagi navbatdagi uchrashuv Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi bilan o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiyni qabul qildi.

O‘zbekiston-BAA ko‘p qirrali hamkorligi doirasidagi loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar avvalida vazir al-Mazruiy davlatimiz rahbariga Prezident Shayx Muhammad Ol Nahayon va Vitse-prezident, Bosh vazir, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning salomini yetkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlar rivojining bugungi yuqori sur’ati katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar oshdi, 50 ta yangi korxona tashkil etildi, investitsiya loyihalari portfeli 3 milliard dollardan ortdi. Qo‘shma investitsiya kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni aniq mazmun bilan boyitish maqsadida O‘zbekiston yetakchisi “yashil” iqtisodiyot, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish muhimligini ta’kidladi.



  ...