Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Misr yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosini muhokama qildilar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan 27-mart kuni o‘tgan telefon orqali muloqotida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining tahlili batafsil ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Misr yetakchilari suhbatni muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birini samimiy qutlashdan boshlab, do‘st xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining energetika, tog‘-kon, charm va zargarlik tarmoqlari, sog‘liqni saqlash va telekommunikatsiya sohalari kabi yo‘nalishlarda aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish uchun faol muloqotlarni davom ettirish va qulay sharoitlarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.



  ...