Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi boshlandi



Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari avvalo buyuk alloma Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi.

Allohdan yurtimizga tinchlik, xayr-baraka tilab duo qilindi.

Ulamolar bilan bo‘lgan suhbatda ilm-ma’rifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar va diniy erkinliklar haqida so‘z yuritildi. Keyingi yillarda musulmonlar ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi: yangi masjidlar, madrasalar qurildi, ilmiy-ma’rifiy majmualar barpo qilingani, har yili minglab yurtdoshlarimiz haj va umra ibodatlarini ado etish baxtiga musharraf bo‘lishayotgani ta’kidlandi.

Endigi asosiy vazifa buning ahamiyati va ma’naviyatini xalqqa yetkazish ekani ta’kidlandi. Eng avvalo imom-xatiblar hududlarga chiqib, Hakim va Imom Termiziylar, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Abu Muin Nasafiy va boshqa buyuk allomalarimiz merosini tizimli va chuqur o‘rganishi kerakligi qayd etildi. Buning uchun alohida dastur ishlab chiqish taklifi bildirildi.



  ...