Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev hamda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi vakillari tomonidan Sian shahrida Shensi provinsiyasi oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olayotgan va turli kompaniyalarda mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim va boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar haqidagi atroflicha maʼlumotlar yurtdoshlarimiz bilan o‘rtoqlashildi.
Shuningdek, elchixona vakillari Xitoyda bo‘lib turgan vatandoshlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ular ishtirokida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Shensi provinsiyasida O‘zbekiston madaniyati va turizm salohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar belgilab olindi.
Muloqot davomida vatandoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.