Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Oʻzbekiston Prezidenti Tatariston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Rustam Minnixanov davlatimiz rahbarini tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va Oʻzbekiston xalqi ravnaqi yoʻlidagi serqirra mehnatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Mamlakatimiz hududlarining Tatariston Respublikasi bilan hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda ustuvor tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.



  ...