Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Salim bin Muhammad al-Malikni O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida



O‘zbekiston Respublikasi va Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti – ICESCO o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish borasidagi katta xizmatlari, xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom sivilizatsiyasi va jahon ilm-fani ravnaqiga qo‘shgan bebaho hissasini targ‘ib etishga qaratilgan Yangi O‘zbekiston tashabbuslarini xalqaro miqyosda faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, dunyoda do‘stlik, hamjihatlik va ishonch tamoyillarini qaror toptirish, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish, yosh avlodni ezgulik, bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti Bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev



  ...