
Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan tub islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, musulmon dunyosi mutafakkirlari va ulamolarining jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur tadqiq etish, muqaddas islom dinining tinchlik, insonparvarlik, ilm-ma’rifatga intilish g‘oyalarini turli millatlar va elatlar orasida keng targ‘ib qilish yo‘lidagi samarali va ibratli faoliyati, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, xususan, o‘zbek va ozarbayjon xalqlari o‘rtasida do‘stlik va qardoshlik, ma’naviy hamkorlikni mustahkamlash, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari uchun Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Gummat o‘g‘li Poshozoda O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev