
O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilikni izchil rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish borasidagi ko‘p yillik samarali faoliyati, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, ikki tomonlama manfaatli qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, Yangi O‘zbekistonning global va mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘zbek va ozarbayjon xalqlari orasidagi qardoshlik rishtalarini, o‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi munosabatlarini har jihatdan mustahkamlash yo‘lidagi katta xizmatlari uchun Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guliyev Guseyn Rzagulu o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev