Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Germaniya federal Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida 17-18-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston – Germaniya koʻp qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va “yashil” texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, taʼlim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratadilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar doirasida bir qator yangi qoʻshma loyiha va dasturlarni ishga tushirish hamda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qoʻshimcha surʼat bagʻishlaydigan hujjatlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.



  ...