Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjonga amaliy tashrifini yakunladi



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Boku shahriga amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

Oʻzbekiston yetakchisi Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etib, shaharlarni barqaror rivojlantirish va shaharsozlik siyosatini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Forum doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich hamda BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Boku xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.



  ...