Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishida ishtirok etadi



3-4-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda boʻlib oʻtadigan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yigʻilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

Davlatimiz rahbari tadbirning ochilish marosimida nutq soʻzlaydi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Yigʻilishning bosh mavzusi – “Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning oʻzaro bogʻliq kelajagini ilgari surish”. Forum global va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish uchun muhim xalqaro platforma boʻladi.

Ishtirokchilar asosiy eʼtiborini “yashil” transformatsiya, energetik oʻtish, raqamlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoatda yetkazib berish zanjirlarining barqarorligi va boshqa masalalarga qaratadilar.

Besh kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa institutlar rahbarlari va xodimlari hamda xorijiy hukumatlarning 2 ming nafarga yaqin vakillari, yetakchi kompaniyalar va banklar, transmilliy korporatsiyalar top-menejerlari hamda nufuzli ekspertlar ishtirok etadi. Jami 4 mingdan ziyod delegat qatnashishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston 1995-yildan buyon Osiyo taraqqiyot bankining aʼzosi boʻlib, uning eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi: loyihalar portfelining umumiy hajmi qariyb 16 milliard dollarni tashkil etmoqda. Mamlakatimiz bankning yillik yigʻilishiga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda.



  ...