Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti “Calik Holding” kompaniyasi rahbarini qabul qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida “Calik Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Axmet Chalikni qabul qildi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimiz yetakchisi O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi sheriklikning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat borligini ta’kidladi.

“Calik Holding” rahbari samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, kompaniyaning uzoq muddatli va keng ko‘lamli sheriklik borasidagi intilishlari qat’iy ekanini bildirdi.

Turkiyaning ushbu xoldingi bilan birgalikda sog‘liqni saqlash sohasida, kimyo va tog‘-kon sanoatida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida investitsiyaviy hamkorlikning yangi dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.



  ...