XXR poytaxti 9-10 mart kunlari ShHTga a'zo davlatlarning doimiy vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi, deya xabar beradi "dunyo"AA muxbiri.
O'zbekiston raisligida o'tgan majlisda ShHTga a'zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo'shnichilik, do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnomani amalga oshirish bo'yicha kompleks reja loyihasi muhokama qilindi.
Hujjatni joriy yilning sentyabr oyida O'zbekistonda bo'lib o'tadigan ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashi muhokamasiga kiritish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Toshkent shahridagi SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo'mitasida 9-10 mart kunlari ShHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari vakillarining huquqiy masalalar bo'yicha maslahatlari bo'lib o'tdi.