Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Oppenheimer Holdings" kompaniyasi rahbarini qabul qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oppenheimer Holdings” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Loventalni qabul qildi.

“Oppenheimer” - Amerikaning mustaqil investitsiya banki bo‘lib, dunyo miqyosida investitsiya va bank xizmatlari, moliyaviy maslahat, kapital bozorlari va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taqdim etadi.

Xoldingning O‘zbekistonda xususiy biznes loyihalarini rivojlantirish va yevrobondlar chiqarishga qo‘shayotgan hissasi qayd etildi. Xususiy sektorni moliyalashtirish dasturlarini kengaytirish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.



  ...