Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

SHHT Bosh kotibi Chjan Min: ShHTning bo'lajak Samarqand sammiti muhim voqea bo'ladi



Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min Pekin shahrida mamlakatimiz elchisi Farhod Arziyev bilan uchrashuvda O'zbekistonning ShHTga raisligiga yuksak baho berdi.

U o'tkazilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini alohida ta'kidladi.

SHHT rahbari O'zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida rejalashtirilgan tadbirlarning muvaffaqiyatli o'tkazilishiga faol ko'maklashish ayni paytda Kotibiyat faoliyatida ustuvor yo'nalish ekanini ta'kidladi.

Samarqandda bo'lib o'tadigan SHHT sammiti, vazirlik uchrashuvlari va boshqa yirik tadbirlarning mazmun-mohiyatiga alohida e'tibor qaratilmoqda, dedi Chjan Min.

Uchrashuvda ShHT makonida hududlararo savdoni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini yo'lga qo'yish, transport aloqasini mustahkamlash, raqamli va innovatsion rivojlanish sohasidagi hamkorlik kabi o'zaro hamkorlikning dolzarbligi qayd etildi.



  ...