Pokiston Bosh vazirining qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon faxriy qorovul oldidan o‘tib, shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Pokistonning davlat madhiyalari yangradi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev xalqlarimiz do‘stligi, hamjihatligi ramzi sifatida qarorgoh bog‘iga ko‘chat ekdi.
Shundan so‘ng, ikki mamlakat yetakchilarining tor doiradagi muzokarasi boshlandi.