Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Pekinda ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy aloqalari muhokama qilindi



 

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida “Beijing Silk Road Culture Development” kompaniyasi rahbari Szan Xun’yan bilan mamlakatimiz ta’lim tizimiga investitsiyalar jalb etish, soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishidagi hamkorlik yuzasidan muzokara o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda xorijiy kompaniya rahbari O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasida ta’lim va innovatsiya yo‘nalishlarida aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatidagi maktablarda xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha loyiha ishlab chiqishini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar qisqa muddatlarda mamlakatimiz ilmiy muassasalari tadqiqotchilari uchun Xitoyda tajriba almashish va zamonaviy fan-texnika bo‘yicha amaliyot o‘tashi uchun maxsus dasturlar shakllantirishga kelishib oldi.

Xitoy ta’lim vazirligi huzuridagi “Beijing Silk Road Culture Development” kompaniyasi “Silk Road” xalqaro ta’lim markazi va “Silk Road” axborot texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini muvofiqlashtiradi.



  ...