Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xaynanda O'zbekistonning investitsiya, eksport va turizm salohiyati namoyish etildi



O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Xaynan provinsiyasining Xaykou shahrida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan forum o'tkazildi.

Tadbir O'zbekiston elchixonasi, Guanchjou shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasi, Xaynan provinsiyasi savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda Xaynan provinsiyasining 100 ga yaqin vazirlik va idoralari, savdo-sanoat uyushmalari, ishlab chiqarish va sayyohlik kompaniyalari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, erkin iqtisodiy va sanoat zonalari, ulardagi mavjud soliq, bojxona va boshqa turdagi imtiyozlar hamda yangi istiqbolli investitsion loyihalar yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan O'zbekistonda biznes yuritish afzalliklari to'g'risida fikr almashildi hamda ular tomonidan ko'tarilgan barcha masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Tadbir davomida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm salohiyatini namoyish etuvchi videoroliklar namoyish etildi.

Aytish joizki, Xaynan provinsiyasida 10 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi. Turizm, oziq-ovqat sanoati, energetika, qishloq xo'jaligi kabi yo'nalishlar provinsiyaning drayver tarmoqlari hisoblanadi.



  ...