Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti YEXHT Oliy komissari bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonovni qabul qildi.  

Amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari hamda millatlararo totuvlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash sohasida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

YEXHT institutlari bilan ustuvor yo‘nalishlarda – xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya sohalarida, gumanitar yo‘nalishdagi konstruktiv muloqot va sermahsul hamkorlikning bugungi darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘rta muddatli istiqbolda qariyb 50 ta tadbirni o‘tkazish nazarda tutilgan “yo‘l xaritasi” birgalikda amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda Oliy komissar mamlakatimizda bag‘rikenglik va gumanizm madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo anglashuv va totuvlikni ta’minlash, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan siyosatga yuksak baho berdi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, Afg‘onistonning tinch rivojlanishi va iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish borasidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Qator qo‘shma tadbirlar – milliatlararo totuvlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy seminar, xalqaro tajriba va YEXHT tavsiyalarining taqdimotini o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining millatlararo munosabatlar muammosiga  bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etishi yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ko‘p tilli ta’lim sohasida, shu jumladan Markaziy Osiyo ta’lim dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.



  ...