O'zbekiston elchixonasi ko'magida tashkil etilgan Namangan viloyati delegatsiyasining Xitoyga safari doirasida viloyatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri o'tkazildi.
Unda Xitoyning 300 dan ziyod kompaniyalari, savdo va sanoat uyushmalari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Namangan viloyatida turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar jarayoni bilan tanishtirildi. Viloyatning savdo-iqtisodiy jozibadorligi va xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoit va afzalliklar yuzasidan batafsil taqdimot o'tkazildi.
Xitoy kompaniyalari Namangan viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishga hamda hamkorlikda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga chaqirildi.
Xitoy ishbilarmonlarini qiziqtirgan savollarga viloyat mas'ullari tomonidan batafsil javob berildi.