Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti MAGATE bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi bilan 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni tubdan kengaytirish va amaliy sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston 1994-yildan buyon XAEA a’zosidir. Bu davr mobaynida ushbu nufuzli tashkilotning texnik ko‘magini jalb etgan holda 40 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Hozirda milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillashtirish, yadro fani, tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari XAEA delegatsiyasi bugun O‘zbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida o‘tkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi. 5-dekabr kuni Samarqand shahrida sohadagi yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Atom energiyasidan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya birgalikda tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xo‘jaligi, suvdan foydalanish, sog‘liqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tinch atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.



  ...