Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Gretsiya Bosh vaziri bilan uchrashdi



Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari, ayniqsa, siyosiy hamda savdo-iqtisodiy sohalardagi munosabatlar muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish choralarini ishlab chiqish, farmatsevtika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar va sayyohlik yo‘nalishlaridagi almashinuvlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kelgusi yilda siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini Afinada hamda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazishga kelishib olindi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.



  ...