Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya ichki ishlar vaziri bilan huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni qabul qildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida huquqni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida vazir Sulaymon Soylu davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Turkiya tomoni sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish va xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida tizimli idoralararo sheriklikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekani qayd etildi.

Suhbatda faol muloqotlarni, axborot almashishni va ilg‘or tajribani o‘rganishni davom ettirish, uyushgan, shu jumladan kibermakondagi jinoyatchilik, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



  ...