O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi.
"Manas" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif doirasida ertaga davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.