Mamlakatimizning Pekin shahridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 49 – saylov uchastkasida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona okrugi bo'yicha siyosiy partiyalariga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.
Xitoydagi O'zbekiston fuqarolari Pekin, Shanxay va Guanchjou shaharlaridagi 49, 50, 51-saylov uchastkalarida o'z fuqarolik pozitsiyasini bildirish imkoniyatiga ega bo'lib, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.
Xitoydagi har uchala diplomatik vakolatxona ushbu mamlakatda bo'lib turgan vatandoshlarimizning to'liq ovoz berishlariini ta'minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Jumladan, vakolatxonalar Xitoydagi o'zbekistonliklarga mezbon mamlakatda eng ommabop bo'lgan "WeChat" ijtimoiy tarmog'idagi o'z sahifa va guruhlari orqali targ'ibot ishlarini jadal olib borib, saylovga oid barcha zarur ma'lumot va havolalarni yetkazib kelmoqda.
Azizbek Rasulov, Shandun texnologiyalar universiteti talabasi:
– Mamlakatimizda parlament saylovlariga tayyorgarlik qizg'in kechmoqda. Men ham saylovlarda ishtirok etayotganimdan mamnunman.
Xitoyda yashayotgan Pekindan uzoqda bo'lganligi tufayli mamlakatimiz elchixonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasiga kelib o'zimning saylash huquqlarimdan foydalangan holda muddatidan oldin saylovda qatnashdim va o'zim tanlagan partiyaga ovoz berdim.