Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar



14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Turkmaniston yetakchisini shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi hamda Ashxobod shahrida ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Yaqindagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqib O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.



  ...