O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.
"Vnukovo" aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.