O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasida "Lasselsberger Group" kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Yozef Lasselsbergerni qabul qildi.
1957-yilda tashkil etilgan "Lasselsberger Group" Yevropadagi qurilish materiallari, keramika va mineral mahsulotlarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, yillik aylanmasi 20 milliard dollarni tashkil etadi.
Uchrashuvda qurilish materiallari sanoatida yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ayni paytda Samarqand viloyatida quruq aralashmalar va mikrokalsit ishlab chiqarish, Qashqadaryo viloyatida marmarni qayta ishlash loyihalari amalga oshirilmoqda.
Yuqori soflikdagi alyuminiy va meta-kaolin, keramogranit, lok-bo‘yoq mahsulotlari va fibrosement ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.