Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati Pekindagi ko'rgazmada namoyish etildi



O'zbekistonning boy madaniyati va sayyohlik salohiyati Pekin shahrida bo'lib o'tgan Xitoy xalqaro xizmatlar savdo yarmarkasi (CIFTIS 2024) doirasida tashkil etilgan "Bir makon, bir yo'l" mamlakatlarining "Rangli dunyo" to'qqizinchi madaniy ko'rgazmasida namoyish etildi.

Tadbirda Xitoy vazirlik va idoralari, madaniyat va turizm tashkilotlari, xorijiy diplomatik vakolatxonalar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig'ilganlar mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xususan, xorijlik sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar va turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishishdi.

Ko'rgazma doirasida O'zbekiston stendi tashkil etildi. Unda eksport va turizm salohiyatini o'zida aks ettirgan hunarmandchilik, zardo'zlik, yog'och o'ymakorligi, ipak mahsulotlari va sopol buyumlari hamda xalq amaliy san'atining rang-barang namunalari namoyish etildi.

Tadbirda O'zbekistonning eksport va turizm imkoniyatlari haqida ma'lumot beruvchi xitoy tilidagi materiallar tarqatildi hamda mamlakatimizning qadimiy shaharlari va madaniyatiga bag'ishlangan videoroliklar namoyish etildi.

Vu Syaoxun, Xitoy xalqaro radiosi direktori:

— "Rangli dunyo" to'qqizinchi madaniy ko'rgazmasida O'zbekiston delegatsiyasi ishtirok etayotganidan mamnunmiz. Biz mamlakatingiz haqida ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni olish imkoniga ega bo'ldik.

Sayyohlik haqidagi videolavhalar orqali yurtingizni, mehmondo'st o'zbek xalqini, betakror madaniyatingiz va urf-odatlaringizni yaqindan his qildik.

Ko'rgazmaga qo'yilgan milliy mahsulotlar juda chiroyli tarzda ishlangan. Ular xitoyliklar orasida mashhur bo'lib bormoqda.

Ishonamanki, O'zbekiston xitoylik sayyohlar uchun eng mashhur yo'nalishlaridan biriga aylanadi.

Yan Guan, ko'rgazma ishtirokchisi:

— Ko'rgazmada ishtirok etish uchun Xenan provinsiyasidan keldim. Tadbir juda qiziqarli o'tmoqda. Bu yerda ko'plab xorijiy davlatlar o'z milliy mahsulotlari bilan qatnashyapti.

O'zbekiston pavilyoni juda chiroyli bezatilgan. Menga milliy mahsulotlaringiz yoqdi. Namoyish etilayotgan mahsulotlar qo'lda ishlangan bo'lib, ularning sifati yuqori darajada. O'zbek milliy kulolchilik va hunarmandchilik san'atiga qoyil qoldim.



  ...