Xitoyning Iu shahrida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag'ishlagan vatandoshlar ishtirokida bayram tadbiri o'tkazildi.
Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Xitoyning turli universitetlarida ta'lim olayotgan va vaqtincha bo'lib turgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.
Ishtirokchilar uchun palov va boshqa milliy taomlarimiz taqdim etildi. Tadbir doirasida qizg'in kayfiyatda futbol musobaqasi o'tkazildi.
G'oliblarga kuboklar hamda maxsus sovg'alar topshirildi.
Vatandoshlar mamlakatimizdagi muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar islohotlarda faol ishtirok etishga, o'z fuqarolik burchlarini astoydil bajarib, yurtimiz ravnaqiga hissalarini qo'shishga doimo tayyor ekanliklarini ta'kidlashdi.
Ularga O'zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, so'nggi yillarda mamlakatimizda erishilayotgan natijalar va yoshlar uchun Vatanimizda yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirib berildi.
Shuningdek ular joriy yilning 27-oktabr kuni o'tkaziladigan O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.