Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xitoyning yirik kompaniyasi Orolbo‘yi mintaqasida farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan o‘simliklar plantatsiyalarini yaratish loyihasini amalga oshirishdan manfaatdor



O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida «China Meheco Corporation» yirik farmatsevtika kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Uchrashuvda Xitoy vakillari o‘zbekistonlik sheriklar bilan an’anaviy va zamonaviy tibbiyot, O‘zbekiston va Xitoy farmatsevtika sanoati uchun moddalar ishlab chiqarish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda o‘zbek tovarlari eksportini yo‘lga qo‘yish sohasida hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Kompaniya bosh menejerining o‘rinbosari U Xao elchixona tomonidan birgalikda amalga oshirish uchun taqdim etilgan yangi investitsiya loyihalarini, shu jumladan Samarqand viloyatidagi “O‘zbekiston – SHHT” maxsus sanoat zonasini imkon qadar tezroq o‘rganib chiqishini qayd etdi.

Xitoy tomoni Orolbo‘yi mintaqasida farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan o‘simliklar plantatsiyalarini zamonaviy texnologiyalar va “nou-xau”lardan foydalangan holda yaratish loyihasini amalga oshirishga ham qiziqish bildirdi.

1984 yilda tashkil etilgan «China Meheco Corporation» kompaniyasi farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga ixtisoslashgan. Birgina 2021 yilning o‘zida  kompaniyaning foydasi 6,17 milliard dollardan oshdi.

Kompaniya O‘zbekiston bilan farmatsevtika sanoati uchun o‘simliklarni import qilish va tibbiyotda moddalar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi. 2021 yilda mamlakatimizdan Xitoyga jami 2,6 million dollarlik 500 tonnaga yaqin qizilmiya va o‘simlik mahsulotlari eksport qilindi.



  ...