O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 7-avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar.
Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi birinchi muloqotda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.