2021 yil O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tomonidan mamlakatimizning 70 nafar fuqarosiga biometrik pasport berildi, 27 ta vatanga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xitoy hududida istiqomat qiladigan vatandoshlarni O‘zbekistonda qabul qilinayotgan farmonlar, qonunlar va boshqa muhim hujjatlar bilan tanishtirish maqsadida mamlakatimizning Pekindagi diplomatiya missiyasi tomonidan muntazam ravishda uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
O‘tgan yili Xitoyda vatandoshlarimiz va ularning oila a’zolariga qator konsullik xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan, 38 notarial harakat, 2 ta fuqarolik holati hujjati qayd etildi, 461 ta fuqarolik, oilaviy, o‘qish va ish holatiga doir guvohnomalar, shuningdek, yuzaga kelgan pandemiya sharoiti munosabati bilan ikki mamlakat o‘rtasida to‘xtatilgan yoki bekor qilingan charter havo qatnovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, 800 konsullik legallashtiruv ishlari bajarildi.