O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.