Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar



O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va katta muvaffaqiyatlar, qardosh o‘zbek xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish, xususan, chegaraoldi savdosi, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar dasturlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.



  ...