Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston-Koreya sammiti yakunlandi



Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi yakunlandi.
Uch kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ular yakunida yetakchilar Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilindi.
Davlat rahbarlari Koreyaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari vakillari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumida qatnashdilar.
Prezidentlar Toshkentdagi Texnoparkka tashrif buyurib, sanoat kooperatsiyasi uchun mavjud salohiyat bilan tanishdilar.
Bugun davlat rahbarlarining muloqoti Samarqandda davom etdi. Prezidentlar rafiqalari bilan birga qadim shaharning tarixiy-me’moriy durdonalari bilan tanishdilar.
Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so‘ng aeroportda Prezident Yun Sok Yol va rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydilar.



  ...