Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Muzokaralar natijalari muhim kelishuvlar bilan mustahkamlandi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.

Davlat rahbarlari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan:

– Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi bilan hukumatlararo bitim;

– Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish to‘g‘risida bitimlar;

– Koreya Eksport-import banki bilan o‘rta maktablar uchun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini yetkazib berish to‘g‘risida bitim;

– «Toshkent Farma Park» innovatsion farmatsevtika klasteri loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

– Jahon savdo tashkiloti doirasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Transport sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

– O‘zbekiston hududlarida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

– O‘ta muhim minerallar sohasida sheriklik to‘g‘risida kelishuv;

– Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya qo‘shma qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelishuv;

– Malakali va professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– “O‘zsanoatqurilishbank” AJ bilan Koreya Eksport-import banki o‘rtasida banklararo master-kredit liniyasi to‘g‘risida bitim imzolandi.



  ...