Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkmaniston Prezidenti Toshkentga keldi



O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-iyul kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.

Samimiy uchrashuvdan so‘ng birodar mamlakat delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, u yerda Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Serdar Berdimuhamedov majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan oliy martabali mehmonlarning ushbu muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.



  ...