Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Sanoat mahsulotlari va yangi loyihalar taqdimot qilindi



Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatining sanoat ko‘rgazmasi va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi.

Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda rejalashtirilgan loyihalar hamohang taqdimot qilindi.

Ko‘rgazmada isitish tizimlari uchun katta va kichik qozonlar, og‘ir va yengil sanoat uchun detallar, turli o‘lcham va quvvatdagi sovutgichlar, elektrotexnika uskunalari, mototsikllar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, davlat xaridlarini tartibga solish mexanizmi namoyish etildi.

Oxirgi yetti yilda viloyatga qariyb 4 milliard dollarlik investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 90 mingta ish o‘rni va 1 milliard 800 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan. Joriy yil viloyatda 1 milliard 300 million dollarlik 607 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 14 milliard dollarlik 80 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 4 milliard dollarlik 14 tasini  investorlar va tarmoq rahbarlari birgalikda taqdimot qildi.

Loyihalarga Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Loyihalar qurilish materiallari, elektr texnikasi, kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, konchilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Masalan, Xitoy bilan hamkorlikda G‘ijduvon tumanida 600 MVtga teng shamol elektr stansiyasini qurish, malayziyalik investor tomonidan Peshku tumanida grafit konini o‘zlashtirish va elektroskuterlar uchun akkumlyatorlar ishlab chiqarishni tashkil etish, eronlik investorlar tomonidan Buxoro tumanida kimyo klasterini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur 80 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 22 ming 200 tadan ortiq aholi ish bilan ta’minlanadi.

Prezidentimiz qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni va mahalliylashtirishni ko‘paytirish, xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.



  ...