Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Islohotlarning hududlardagi natijadorligi tahlil qilindi



Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hududlardagi natijadorligi tahlili bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda islohotlar kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Xususan, oxirgi 3 yilda barcha hududlar, soha va tarmoqlarni rivojlantirishga doir 400 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari har doim “o‘zgarishlarni odamlar o‘z hayotida sezsin”, deya talab qo‘yadi. Shunga muvofiq, islohotlarning aholi hayotiga ta’siri o‘rganib borilmoqda.

Shunday kompleks o‘rganishlardan biri yaqinda Samarqand viloyati misolida o‘tkazildi. So‘rovda qatnashganlarning ko‘pchiligi hokim yordamchilarining faolligini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, internet, jamoat transporti sohalaridagi siljishlarni yuqori baholagan.

Shu bilan birga, joylardagi muammolarni, o‘zgarish sezilmayotgan sohalarni ham ochiq aytgan. Jumladan, joylarda yer va suvdan samarali foydalanish, elektr, gaz va ichimlik suvi yetkazib berish, yer ajratish kabi masalalarda kamchiliklar mavjud. Masalan, Samarqanddagi Xalq qabulxonalariga aholi va korxonalarni elektr energiyasi, suyultirilgan gaz va ko‘mir bilan ta’minlash bilan bog‘liq 15 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

Yig‘ilishda tuman va shaharlarda islohotlarning samaradorligi, aholi va tadbirkorlar ko‘targan dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilinib, takliflar bildirildi.

Xususan, ma’muriy islohotlarni davom ettirib, davlat xodimlari sonini optimallashtirish, mahalliy budjetlarni to‘g‘ri yo‘naltirish zarurligi aytildi. Qishloq xo‘jaligida yerga uzoq muddatli kafolat berish, davlat aralashuvini kamaytirish, moliya xizmatlarini yaxshilash talab etilmoqda. Energiya resurslari ta’minoti, kadastr, yo‘l, kommunal xizmatlar tizimlari ham takomillashtirilmoqda.

Prezidentimiz barcha islohotlarni pastdagi bo‘g‘inlarga bog‘lab, ularni avvalambor aholi farovonligini oshirishga qaratish lozimligini alohida ta’kidladi.

Samarqand viloyatidagi holat boshqa hududlarda ham borligi qayd etilib, hukumatga muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganib borish va vaqtida chora ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



  ...