Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston delegatsiyasi Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari yoshlar yetakchilarining malaka oshirish va tajriba almashish oromgohida ishtirok etdi



O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi delegatsiyasi Xitoyning Urumchi va Sian shaharlarida tashkil etilgan 2024-yilgi "Kelajakka ko'prik" nomli Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari yoshlar yetakchilarining malaka oshirish hamda tajriba almashish oromgohida ishtirok etdi.

Mazkur oromgohda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlaridagi yoshlar siyosatiga mas’ul xodimlar, yosh tadbirkorlar hamda OAV vakillari qatnashdi.

Oromgoh faoliyati ikki qismga bo'lingan holda tashkil etildi. Birinchi qismda ishtirokchilar Xitoy davlatining o'ziga xos madaniyati, urf-odatlari, oliy ta’lim muassasalari, muzeylari va tadbirkorlik obyektlariga ekskursiyalar tashkil etish orqali tanishtirildi.

Ikkinchi qismda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari yetakchilari, yosh tadbirkorlar, OAV vakillari o'rtasida seminarlar hamda muloqotlar tashkil etish orqali o'zaro tajriba almashildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari tomonidan Xitoy sanoat zonasidagi xitoylik tadbirkorlar bilan alohida muloqot o'tkazildi va ikki mamlakat yosh tadbirkorlari o'rtasida o'zaro teng huquqli hamkorlik aloqalari o'rnatildi.

Sian shahrida tashkil etilgan oromgohning asosiy muloqoti "Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda yoshlar hamkorligini mustahkamlash" mavzusida bo'lib o'tdi. Unda oromgoh ishtirokchilari bu borada o'z davlatlarida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha tajriba almashdilar.

Oromgoh yakunida O'zbekiston delegatsiyasi tomonidan bildirilgan bu kabi oromgohlarni nafaqat Xitoyda balki Markaziy Osiyo davlatlarida navbatma-navbat har yili o'tkazish tashabbusi barcha ishtirokchi mamlakatlar delegatlari tomonidan qo'llab-quvvatlandi.



  ...