Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Misr ishbilarmonlari bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish hamda avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida, shu jumladan tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, turizm, qurilish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Najib Saviris yurtimiz iqtisodiyotiga Misr investitsiyalarini ko‘paytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solishga tayyorligini bildirdi.



  ...