Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Hokim yordamchilari Xitoyning kambag'allikni qisqartirish va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ilg'or tajribasini o'rganmoqda



O'zbekistonning barcha viloyatlari hokim yordamchilari uchun kambag'allikni qisqartirish va iqtisodni rivojlantirish bo'yicha Xitoy ilg'or tajribasi bilan tanishish bo'yicha onlayn seminarlar o'tkazilmoqda.

Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi ko'magida tashkil etilgan o'quvlarda Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo'mitasi, O'zbekiston Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari hamda viloyat hokimlari yordamchilari qatnashmoqda.

Onlayn seminarning ochilish qismida so'z olgan Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo'mitasi tashqi aloqalar departamenti direktori o'rinbosari Go Juy mamlakatlarimiz o'rtasida kambag'allikni qisqartirish sohasida hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.

O'quv seminarning asosiy maqsadi Xitoyning kambag'allikni qisqartirish hamda hududlarni iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ilg'or tajribasini o'rganish va O'zbekiston hududlari hokim yordamchilarining malaka ham bilimlarini oshirishdan iborat.



  ...