Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning XXR Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan onlayn-muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va XXR o‘rtasidagi strategik hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda mamlakatlar parlamentlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berdi.
Shuningdek, joriy yilda O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasida parlamentlararo hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv so‘nggida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi o‘rtasidagi aloqalarni yana-da faollashtirishga kelishib olindi.