Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar



Ruhiy poklanish, yaxshi amallarni ado etish, jamiyatda muruvvat, mehr-shafqat va ezgulik kabi qadriyatlarni qaror toptirishga intilishni o‘zida mujassam etgan, barcha musulmonlar uchun muborak Ramazon oyining kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar yetakchilari, hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda.

Xorijiy hamkorlar mamlakatimizning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyorligini tasdiqlagan.

 

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Bahrayn Podshohi Shayx Hamad ibn Iso Al Xalifa;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

“Al-Azhar” majmuasi rahbari Shayx Ahmad At-Toyyib.

 

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.



  ...