Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Pekin shahrida konsullik-huquqiy sohadagi O'zbekiston-Xitoy hamkorligi masalalari muhokama qilindi



O'zbekiston elchixonasi va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti vakillari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

Muloqotda Xitoy TIV Konsullik departamenti bosh direktori o'rinbosari Tun Syueszyun bilan ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko'lamli masalalar muhokama qilindi.

Xitoy tomonining viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda O'zbekiston–Xitoy o'rtasidagi mazkur sohaga oid shartnomaviy-huquqiy bazani yanada mustahkamlash masalalari xususida fikr almashildi.

Mezbon mamlakat vakillariga so'nggi yillarda O'zbekistonda turizm jabhasini rivojlantirish, tadbirkorlik, biznes va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Mamlakatimiz hukumati tomonidan O'zbekiston va dunyoning boshqa davlatlari o'rtasida viza tizimini liberallashtirishga ustuvor masala sifatida e'tibor qaralayotgani alohida ta'kidlandi va bu borada erishilgan ijobiy natijalar qayd etildi.

Jumladan, hozirgi kunda 91 ta xorijiy davlat fuqarolariga O'zbekistonga vizasiz kirish huquqi berilgani va 56 mamlakat fuqarolari yurtimizga kirish uchun elektron viza olish imkoniyatiga ega ekanligi ma'lum qilindi.

O'zbekiston tomoni uchun kelgusida ham xorijiy davlatlar bilan viza tartibini yanada erkinlashtirish, xususan, viza talablaridan o'zaro ozod etish to'g'risida kelishuvlarga erishish orqali turizm sohasini izchil rivojlantirish ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolishi qayd etildi.

Tadbir so'nggida tomonlar ikki davlat o'rtasidagi do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlash bo'yicha muntazam muloqotlarni davom ettirish to'g'risida kelishib oldilar.



  ...